Asosiy qismga o‘tish
Zehn-CorAdvokatlar
Yuridik maslahat olish

Advokatlik firmasi · Toshkent

Loyihamiz falsafasi:
Mijoz xotirjamligi uchun huquqiy prinsipiallik

Biz, «Zehn-Cor» advokatlik firmasi, jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va biznes subyektlarini sud-huquq masalalarida professional qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz. Reputatsiya va imidj biz uchun birlamchi maqsad.

Hurmat bilan,

Bahodir Ahmedov

Boshqaruvchi sherik, Zehn-Cor advokatlik firmasi

§ I — Biz haqimizda

Amaliyot yo‘nalishlari

  • Mehnat munosabatlari

    • Xodimlar huquqlarini tiklash
    • Ish beruvchilar uchun adekvat muhit yaratish
  • Korporativ munosabatlar

    • Biznes sheriklarning ishonchli hamkorligi
    • Kompaniya ishlarini yuridik muvofiqlashtirish
  • Oila munosabatlari

    • Mol-mulkni bo‘lish va tartibli ajrashish
  • Biznes

    • Iqtisodiy sud nizolari
    • Biznes muzokaralarda ishtirok etish
  • Qurilish va ijara

    • Shartnoma tuzishda konsultatsiya
    • Kechiktirilganda penya ishi
  • Jinoyat va ma’muriy

    • Jinoiy va ma’muriy javobgarlik ishida qatnashish
    • Davlat organlari tekshiruvlarida himoya

§ II — Advokatlar

Ishingizni ushbu advokatlar bilan olib boring

To‘liq profil uchun kartani bosing

  • Bahodir Ahmedov

    Bahodir Ahmedov

    Boshqaruvchi sherik

    Bahodir Ahmedov

    Boshqaruvchi sherik

    Korporativ, ko‘chmas mulk, mehnat sohalarida mijozlarni himoya qiladi.

    Amaliyot
    Korporativ, ko‘chmas mulk, mehnat
  • Azimjon Yo‘ldoshev

    Azimjon Yo‘ldoshev

    Hamkor advokat

    Azimjon Yo‘ldoshev

    Hamkor advokat

    Oila, mehnat, qurilish sohalarida mijozlarni himoya qiladi.

    Amaliyot
    Oila, mehnat, qurilish
  • Siddiqjon Ismoilov

    Siddiqjon Ismoilov

    Bosh maslahatchi

    Siddiqjon Ismoilov

    Bosh maslahatchi

    Mehnat, bankrotlik, IT va intellektual mulk sohalarida mijozlarni himoya qiladi.

    Amaliyot
    Mehnat, bankrotlik, IT va intellektual mulk

§ III — Murojaat

Vaziyatni tasvirlab bering. Advokatlar o‘rganib javob beradi.

Yuborgan barcha ma’lumotlaringiz advokatlik siri bilan himoyalangan.

§ IV — Tahlil

Telegram kanalimizdan va amaliyotdan.

Advokatlarimizdan so‘nggi xabarlar

  • 14-noy, 2026

    Banklar ayrim qarz oluvchilarga foiz va neustoykalarni qaytaradi

    Markaziy bank xabariga ko‘ra, kredit qarzini undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqqan bo‘lsa, qarorda ko‘rsatilgan summa uchun foiz va neustoyka (jarima, penya) hisoblash to‘xtatiladi. Ya’ni sud belgilagan summa keyinchalik yangi foiz yoki penya qo‘shilishi hisobiga oshib bormasligi kerak. Bu qoida Fuqarolik kodeksining 744-moddasi uchinchi qismida belgilangan. Shu munosabat bilan banklarning ichki audit xizmatlari 2026 yil 10 dekabrgacha sud qarori chiqqan kreditlarni tekshirib, qonunga zid hisoblangan foiz va neustoykani bekor qilishi hamda undirilgan mablag‘larni qarz oluvchilarga qaytarishi shart. Bajarilgan ishlar va qaytarilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobot 25 dekabrgacha Markaziy bankka taqdim etilishi kerakligi qayd etilgan. 👉 @bahodirahmedoff 👈

  • 14-noy, 2026

    Tovlamachilik moddasi apellyatsiyada qo‘shilibdi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2026 yil 16 iyundagi hukmiga muvofiq: ➡️ K. A. (ayol, 1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 229-moddasi (o‘zboshimchalik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi,   ➡️ B. G. (ayol, 1990 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi,   ➡️ N. R. (ayol. 1987 yilda Qirg‘iz Respublikasida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.   ❗️N. R. va jabrlanuvchi U. A. ning shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining apellyatsiya instantsiyasida qayta ko‘rilib, birinchi instantsiya sudining hukmi bekor qilindi. Apellyatsiya sudlov hay’ati tovlamachilik qo‘shibdi: Apellyatsiya sudining 2026 yil 13 noyabrdagi hukmiga ko‘ra K. A., B. G., N. R. Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.   K. A. ga 3 yil 6 oy, B. G. ga 4 yil va N. R. ga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. JK 165-moddasi 3-qismi “a” — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish. juda ko‘p miqdor — BHM 500 baravari baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor. 👉@bahodirahmedoff👈

  • 14-noy, 2026

    Hokim qarori haqiqiy emas deb topilgan. 3,1 mlrd so‘m zararni hokimlik qoplaydi

    Aniqlanishicha, Oltinko‘l tuman hokimining 2020 yil 16 iyuldagi qarorlari asosida "A.B." MCHJga tumanning "Toptik" MFY hududidan 0,12 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Tadbirkor bu hujjatlarga muvofiq savdo, maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bino-inshootlar qurib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan. Keyinchalik hokim qarorlari ma’muriy sudlar tomonidan haqiqiy emas deb topilgan. Oqibatda hokimlik qaroriga ishonib mablag‘ sarflagan tadbirkorga 3,1 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan. Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga muvofiq, davlat organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi hamda mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari natijasida yuridik shaxsga yetkazilgan zarar qoplanishi lozim. Biznes-ombudsman vakillari sudda tadbirkor manfaatini himoya qilib, yetkazilgan zarar qoplanishi xususida yozma fikr taqdim etgan. Shu asosda Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan tuman hokimligidan tadbirkor foydasiga 3,1 mlrd so‘m zarar undirilishi belgilangan. 👉 @bahodirahmedoff 👈

Kanalni ochish

§ V — Aloqa

Bizni Toshkentda toping.

Toshkentda

Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 60B

+998 95 104 43 49

t.me/ABarizabot

Du–Ju 09:00–18:30 · shanba kuni oldindan yozilib